Toshkentdan Urganchga uchgan samolyot qalin tuman tufayli Nukusdagi muqobil aerodromga jo‘nab ketdi, deb xabar berdi “Новости ташкентского неба”.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent–Urganch yo‘nalishi bo‘yicha HY053 yo‘lovchi reysi Nukusdagi muqobil aerodromga jo‘nab ketdi. Ekipajlar belgilangan aeroportdagi noqulay ob-havo sharoiti — haddan tashqari sovuq tuman, ko‘rish masofasi 160 metr bo‘lganligi sababli ketishga qaror qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, talabalar poyezd va samolyot chiptalarini ikki baravar arzonroq sotib olishlari mumkin bo‘ladi. Yaqinlashib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan chegirmalar joriy etildi. Poyezdlarga chiptalarni 12-yanvargacha olish mumkin, chegirma barcha mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlariga (SV/VIP sinfidagi vagonlar va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdidan tashqari) amal qiladi.