Toshkentdan Nukusga uchgan samolyot quyuq tuman tufayli Urganchdagi muqobil aerodromga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “Новости ташкентского неба”.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent-Nukus yo‘nalishi bo‘yicha HY011 yo‘lovchi reysi Urganchdagi muqobil aerodromga jo‘nab ketdi. Ekipajlar belgilangan aeroportdagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli ketishga qaror qilishdi — haddan tashqari sovuq tuman, ko‘rish masofasi 800 metr, bulutlilikning pastki chegarasi 230 metr.
Eslatib o‘tamiz, talabalar poyezd va samolyot chiptalarini ikki baravar arzonroq sotib olishlari mumkin bo‘ladi. Yaqinlashib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan chegirmalar joriy etildi. Poyezdlarga chiptalarni 12-yanvargacha olish mumkin, chegirma barcha mahalliy yo‘nalishdagi yo‘lovchi poyezdlariga (SV/VIP sinfidagi vagonlar va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdidan tashqari) amal qiladi.


















