Toshkentdagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopildi
Bobur ko‘chasi 11-noyabr kuni soat 22:00 ga qadar avtomashinalar uchun yopildi.
Toshkent shahar Yakkasaroy tumanining, Bobur ko‘chasi 22 soatga avtomashinalar uchun yopiladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ axborot xizmati xabar berdi.
Bunga Bobur ko‘chasi bo‘ylab 110 kV li yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish bo‘yicha keyingi ishlar uchun yo‘l qoplamasini demontaj qilish ishlari sabab bo‘ladi.
Bunda Shayxontohur tumani hududidagi isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlashni yaxshilash maqsad qilingan.
Shu bois 10-noyabr kuni soat 00:00 dan 11-noyabr kuni soat 22:00 ga qadar Bobur ko‘chasining Seul ko‘chasi bilan kesishmasidan, Bahodir ko‘chasigacha bo‘lgan qismida bir tomondan avtomobil harakati cheklanadi.
Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdagi yana 7 ta ko‘chada avtobus yo‘laklari joriy etiladi Toshkentda “Lacetti” toʻliq yonib ketdi Toshkentda Lacetti va avtobus to‘qnashib ketdi Toshkentda litsey o‘qituvchisi o‘quvchini kaltakladi Toshkentdan Jiddaga uchgan samolyot favqulodda ortga qaytdi