4 Dekabr 2024, 10:49 •Oʻzbekiston
Toshkentdagi ikki maktabda virusli gepatit bilan kasallanish holatlari aniqlandi
Sanitariya holati talabga javob bermagan maktablar rahbariyatiga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Toshkent shahridagi ikkita maktabda virusli gepatit kasalligi aniqlandi. Bu haqda Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 3-dekabr kuni Sanepidemqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman boʻlimi mutaxassislari tomonidan tumanda joylashgan 214- hamda 65-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablarida virusli gepatit kasalligi aniqlangani sababli epidemiologik surishtiruv hamda sanitariya nazorati oʻtkazilgan.
Surishtiruv davomida:
- oʻquvchilar va ishchi xodimlarning oʻz vaqtida tibbiy koʻrikdan oʻtganlik xulosalari;
- shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish tartibi;
- maktab binosida, sinf xonalarda joriy tozalik ishlarining olib borilishi, jihozlarning sozligi;
- isitish tizimlari yoqilib foydalanishga topshirilgani;
- hojatxonalarda gigiyena qoidalariga rioya qilingani hamda qoʻl yuvish moslamalari va oqova suv tizimining soz holatdaligi toʻliq oʻrganilib, tekshiruv oʻtkazilgan.
Tekshiruvlar natijasida, maktabning sanitariya holati talabga javob bermasligi maʼlum boʻlgan. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan maktab rahbariyatiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Avtobusda ayol kishining yuziga tuflagan erkak qamaldi Poytaxtning ikki tumani vaqtincha “svet”siz qoladi Toshkentda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi vakolatxonasi ish boshladi Toshkent — Xo‘jakent yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd qo‘yildi Toshkentda qariyb 25 ming quti pirotexnika buyumlarini uyida saqlayotgan shaxs ushlandi
Soʻnggi yangiliklar
Toshkent xalqaro aeroportida parvozlarni qabul qilish cheklandi
4 Dekabr 2024, 18:46Avtobusda ayol kishining yuziga tuflagan erkak qamaldi
4 Dekabr 2024, 18:10Uyi hasharotlar tomonidan yaroqsiz holga keltirilganlarga yangi uy-joy beriladi
4 Dekabr 2024, 17:36Bolalar masalalari bo‘yicha komissiya vazifalari belgilandi
4 Dekabr 2024, 17:01Janubiy Koreyada harbiy holat rejimi bekor qilindi
4 Dekabr 2024, 15:48O‘zbekistonda ham mahkumlar uchun elektron braslet ishlab chiqarilishi mumkin
4 Dekabr 2024, 15:06Noyabr oyi uchun inflatsiya darajasi ma’lum qilindi
4 Dekabr 2024, 14:29O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi boshqarmasi va bo‘limi boshlig‘i lavozimi tugatiladi
4 Dekabr 2024, 13:51