Toshkentda sal kam 108 mlrd so‘mga 20 ta yer usti piyodalar o‘tish joyi quriladi
Qurilish ishlarini boshlash uchun dastlabki 53,6 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
Toshkent shahrida 20 ta yer usti piyodalar o‘tish yo‘lagini qurish uchun 107,2 mlrd so‘m mablag‘ talab etiladi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qarorida maʼlum qilindi.
Qarorga ko‘ra, poytaxtda jami 25 ta shunday inshoot barpo etilishi reja qilingan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 20 ta shunday inshoot qurish uchun 107 mlrd 258 mln 003 ming so‘m pul sarflanishi talab etiladi.
Qurilish ishlarini boshlash uchun esa 53,6 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
Shu bilan birga, SSTISM Sebzor suv havzasida basseyn suvi hamda yuvinish xonalarini issiq suv bilan uzluksiz taʼminlash uchun muqobil qozonxona quriladi va unga 600 mln so‘m ajratiladi.
Ushbu xarajatlar mahalliy byudjetning 2024-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan taqsimlanadi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdagi bog‘chada bola ayollar kiyimini kiyib, raqsga tushishga majburlandi Toshkent tumanida 43 ming xonadon noma’lum muddatga gazsiz qoladi Toshkent shahrida sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi Toshkentda qurilish tashkiloti elektr tarmog‘ini uzib yubordi O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 5,1 mln so‘mdan oshdi