O‘zbekiston

Toshkentda erkak rekord miqdordagi alimentni oldindan to‘ladi

Erkak to‘rt nafar farzandining ta’minoti uchun pulni ko‘chmas mulk sifatida o‘tkazgan.

Toshkentda erkak 4 nafar farzandining ta’minoti uchun oldindan rekord miqdorda aliment to‘ladi, deb xabar bermoqda MIB matbuot xizmati.

Hodisa Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan. Sudning hal qiluv qaroriga asosan qarzdorga nisbatan to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risida ijro hujjati berilgan. Erkak ariza bilan murojaat qilib, farzandlari voyaga yetgunga qadar bo‘lgan davr uchun aliment miqdorini hisoblab berishni so‘ragan.

Aliment miqdori qarzdorning 2025-yil 1-avgustdan 2041-yil 1-aprelgacha bo‘lgan davrdagi ish haqi va boshqa daromadlarining 50 foizidan kelib chiqib hisoblangan va jami 2 442 482 580 so‘mni tashkil etgan. Ota alimentning barcha summasini ko‘chmas mulk sifatida to‘ladi va ijro ishi yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, Rasul Kusherbayev aliment to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblangan edi. Davlat xizmatchisi sud qarori ustidan shikoyat qilib, shaxsiy ma’lumotlarni tarqatganlarni javobgarlikka tortmoqchi. Keyinroq sud amaldordan aliment undirish haqidagi da’voni qanoatlantirdi. Vazir maslahatchisi va sobiq deputatning apellyatsiya berish huquqi saqlanib qoladi.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная