11 Iyul 2024, 10:42 Oʻzbekiston

Toshkentda erkak 3 yoshli bolani qasddan pichoqlab oʻldirdi

Yashnobod tumanida 30 yoshli erkak qonuniy nikohdan oʻtmasdan yashab kelgan ayolining birinchi turmushidan 2021-yilda tugʻilgan farzandiga pichoq bilan tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Toshkentda erkak 3 yoshli bolani qasddan pichoqlab oʻldirdi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida erkak yosh bolaga 12-marta pichoq urib, uni oʻldirgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

9-iyul kuni Yashnobod tumani, Yakkatol koʻchasidagi koʻp qavatli uyda ijara asosida yashab kelayotgan 30 yoshli erkak ushbu manzilda qonuniy nikohdan oʻtmasdan yashab kelgan ayoli bilan janjallashib qolgan.

Janjal oqibatida erkak ayolning birinchi turmushidan 2021-yilda tugʻilgan oʻgʻil farzandiga pichoq bilan bir necha marotaba tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan. Bola shifoxonaga olib kelingunga qadar vafot etgan.

Holat boʻyicha Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Mashhur yangiliklar