Toshkent viloyatida issiq suv va isitish ta’minoti narxi oshiriladi
1-fevraldan Toshkent viloyatida issiqlik korxonalarining issiq suv va isitish xizmatlari tariflari oʻzgaradi.
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-fevraldan issiqlik korxonalarining issiq suv va isitish xizmatlari tariflari oʻzgaradi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyat “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish boshqarmasi, “Angren issiqlik energiyasi” DUK, Chirchiq “Issiqlik energiyasi” IChK, “Olmaliq issiqlik manbai” MChJning isteʻmolchilarga koʻrsatilayotgan xizmatlari narxi oʻzgarmoqda.
Xususan, “Issiqlik manbai” issiqlik va issiq suv taʻminoti xizmatlari uchun 93 464 soʻm/Gkal (QQS bilan) narxni taklif etmoqda — hozirda bu 81 ming 312 soʻmni tashkil etadi.
Shuningdek, hisoblagich mavjud boʻlganda 1 metr kub issiq suv narxi 5 144 soʻm etib belgilanadi (hozirda 4472 soʻm). Hisoblagich yoʻq boʻlsa, bir kishi uchun 1 oyga 20 ming soʻmdan oshiqroq toʻlashga toʻgʻri keladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida onasi ayovsiz kaltaklagan 4 yoshli qizcha vafot etdi Chimyonga olib boruvchi yo‘lda harakat 12-yanvargacha bir tomonlama bo‘ladi Toshkent viloyatida ayol 4 yashar qizini ayovsiz kaltakladi Piskentda aholi gavjum hududda bo‘rilar kezib yurgani aytildi Toshkent viloyatida bir oilaning uch a’zosi is gazidan vafot etdi