8 Yanvar 2025, 18:05 •Eksklyuziv, Iqtisod
O‘tgan yilda soliq tushumlari qariyb 200 trln so‘mga yetdi
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,3 foizga ko‘p.
Soliq organlari tomonidan 2024 yilda respublika bo‘yicha budjetga 199,6 trln so‘m tushumlar ta’minlangan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,3 foizga ko‘p.
Soliq turlari kesimida tushumlar miqdori (2023 yilga nisbatan o‘sish):
- foyda solig‘i – 52,7 trln so‘m (+29,1 foiz);
- QQS – 39,6 trln so‘m (+16,4 foiz);
- JShODS – 35,4 trln so‘m (+18,3 foiz);
- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq – 20,2 trln so‘m (+31,8 foiz);
- aksiz solig‘i – 17,8 trln so‘m (17,4 foiz);
- soliqsiz tushumlar (davlat boji, jarimalar, yig‘imlar) – 15 trln so‘m (o‘sish kuzatilmagan);
- yer solig‘i – 8,2 trln so‘m (19,2 foiz);
- mol-mulk solig‘i – 6,8 trln so‘m (+33,5foiz);
- AOS – 2,8 trln so‘m (+17,6 foiz);
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 1,2 trln so‘m (48,3 foiz).
Shuningdek, tuman va shaharlar byudjyetiga ham tushumlar 24 foizga oshgan.
Eng yuqori o‘sish quyidagi hududlarda qayd etilgan:
- Toshkent shahrida – 27 foiz;
- Sirdaryo viloyatida – 25 foiz;
- Toshkent viloyatida – 23 foiz.
Мавзуга оид хабарлар:
Mobil aloqa xizmatlari aksiz solig‘idan ozod etildi 1-yanvardan boshlab yer yoki davlat mulki QQSsiz sotiladi Savdo korxonalari 10 oyda qancha soliq to‘lagani ma’lum qilindi Endi reytingi yuqori tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi Ayrim tadbirkorlarga to‘lagan solig‘ining bir qismi qaytarib beriladi
Soʻnggi yangiliklar
Qozog‘istondagi neft bazasida portlash yuz berdi
25 Yanvar 2025, 19:03Pep Gvardiola Abduqodir Husanovning asosiy ustunligini aytdi
25 Yanvar 2025, 18:08Toshkent viloyatida psixofaol moddalarni oʻtkazish maqsadida saqlayotgan shaxs ushlandi
25 Yanvar 2025, 17:10Toshkentdagi bog‘chada tarbiyachi kaltaklagan bolaning oyog‘i sindi
25 Yanvar 2025, 16:15Milliy gvardiyaga o‘quvchilar bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berilmoqda
25 Yanvar 2025, 15:19Qoraqalpog‘istonda soxta treyder o‘zganing 46 mln so‘mini o‘zlashtirdi
25 Yanvar 2025, 14:22O‘zbekiston aholisi soni 37,5 milliondan oshdi
25 Yanvar 2025, 13:22Samarqandda 5 kg marixuanani 10 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi
25 Yanvar 2025, 12:26