Chimyonga olib boruvchi yo‘lda harakat 12-yanvargacha bir tomonlama bo‘ladi
Toshkent viloyatidagi dam olish maskanlariga olib boruvchi yo‘lda harakat 12-yanvargacha bir tomonlama bo‘ladi.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Amirsoy, Beldersoy va Chimyonga olib boruvchi yo‘lda harakat bir tomonlama tashkil etiladi. Bu haqda viloyat IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bo‘stonliq tumanidagi tog‘li hududlarda joylashgan dam olish maskanlarida 2025-yil 12-yanvarga qadar fuqarolar tashrifi odatdagidan ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda. Shuni inobatga olgan holda Amirsoy, Beldersoy, Chimyon kabi dam olish maskanlariga olib boruvchi yo‘lda xavfsizligini ta’minlash va tirbandliklarning oldini olish maqsad qilingan.
Rejaga ko‘ra, 4R6 Toshkent-Chirchiq-Chimyon avtomobil yo‘lining 57-kilometridan boshlab, mazkur yo‘lning 92-kilometrigacha, ya’ni 4R10 avtomobil yo‘li bilan tutashgan joygacha transport vositalarining harakati bir tomonlama tashkil etiladi.
Harakat bir tomonlama tashkil etilgan yo‘lning boshida 5.5 (bir tomonlama harakatli yo‘l) va uning oxirida 5.6 (bir tomonlama harakatli yo‘lning oxiri) axborot ko‘rsatgich yo‘l belgilari, shuningdek, harakatlanib kirish taqiqlangan qismida 3.1 (kirish taqiqlangan) yo‘l belgisi o‘rnatiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Ohangaron daryosidan qum-shag‘al qazib olgan shaxs 3,5 mlrd so‘m zarar yetkazildi Bo‘kada yuk mashinasi yo‘lga o‘tirib olgan shaxsni bosib ketdi Toshkent shahri va viloyatidagi 70 ta issiqxonada nostandart qozonxonalardan foydalanilgani aniqlandi Tovoqsoy qamoqxonasida mahkumni devor bosib qoldi Bekoboddagi zapravkada 11 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
Soʻnggi yangiliklar







