Toshkent viloyatida 581,1 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi
Nurafshon shahrida yarim milliard so‘mdan ortiq elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi.
Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida korxona 581,1 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda mas’uliyati cheklangan jamiyatga tegishli omborxona ko‘zdan kechirilgan. Korxonani norasmiy boshqarib kelgan shaxs va boshqalar o‘zaro til biriktirib, shlakoblok ishlab chiqarish uskunalari va suv nasoslarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab olgani aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, korxona 581,1 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi Namanganda 2,1 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Zangiotada 14 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi Toshkent viloyatida daraxt kesgan shaxs tabiatga 247 mln so‘m zarar yetkazdi Toshkent viloyatida 7 kilogrammlik chaqaloq tugʻildi