Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi
Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Jizzax viloyatida shartnomasiz tarmoqqa ulangan fermer xoʻjaligi 3,7 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, energetika xavfsizligi oyligi doirasida inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida nazorat tadbiri oʻtkazilgan.
Tadbirda Sharof Rashidov tumanida joylashgan “J.D.S.Y.” fermer xoʻjaligi masʼullari tomonidan 100 kVAli transformator punktini shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr tarmogʻiga ulanganligi aniqlangan.
Hisob-kitoblarga koʻra, ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 3 mlrd 764 mln soʻmlik zarar yetkazgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda 359,6 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanildi Jizzaxda kanal bo‘yidagi 13 tup tut daraxti kesib ketildi Jizzaxdagi ko‘lda noqonuniy baliq ovlaganlar tabiatga 487 mln so‘m zarar yetkazdi Toshkentning ikki tumani vaqtincha “svet”siz qoladi Jizzaxdagi kafeda janjal chiqargan xo‘randalarga jinoyat ishi ochildi