Toshkent viloyatida 3 nafar “zakladchik” ashyoviy dalillar bilan ushlandi
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumanida internet orqali giyohvandlik vositalarini sotuvchi shaxslar bilan aloqada boʻlib, “zakladchik” sifatida faoliyat yuritgan 3 nafar shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar berdi .
Maʼlum qilinishicha, viloyatda “Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kun” maxsus profilaktik tadbiri doirasida viloyat IIBB va Bekobod shahar IIB xodimlari tomonidan Oʻrta Chirchiq tumanida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Tadbir davomida 22-25 yoshdagi 3 nafar shaxs 3 gramm sintetik giyohvandlik vositasini nazoratdagi xaridorga 1,7 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qoʻlga olingan.
Qoʻlga olinganlar orasidagi shaxs (X.Gʻ.)ning yonidan 6 gramm marixuana aniqlandi, sherigi (Sh.L.)ga tegishli mashinadan esa giyohvandlik moddasi isteʼmoli uchun maxsus yasalgan baklajka topildi.
Olib borilgan surishtiruvlar natijasida ushbu shaxslar internet orqali giyohvandlik vositalarini sotuvchi shaxslar bilan aloqada boʻlib, “zakladchik” sifatida faoliyat yuritgani va ularga yuborilgan maxsus lokatsiyalar orqali sintetik giyohvandlik vositalarini olib tarqatgani aniqlandi.
Tezkor tadbir davomida ushlangan shaxs (Sh.L.)ga yuborilgan soʻnggi lokatsiya asosida Qibray tumanida “Chinobod” mahallasi hududidan 20 gramm sintetik giyohvandlik vositasi yashirilgan joydan ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida qidiruvdagi ayolning jasadi kanaldan topildi Toshkent viloyatining bir qator tumanlariga hokimlar tasdiqlandi Toshkent viloyatida 8 noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi Toshkent viloyatida 1 tup chinor kesgan shaxs tabiatga qariyb 200 mln soʻm zarar yetkazdi