Toshkent viloyatida 1 tup chinor kesgan shaxs tabiatga qariyb 200 mln soʻm zarar yetkazdi
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, viloyat prokuraturasiga yuborish choralari koʻrilmoqda.
Toshkent viloyatida koʻp yillik chinor daraxtini kesgan shaxs tabiatga 199 milliondan ortiq zarar yetkazdi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, boshqarma inspektorlari tomonidan Yangiyoʻl tumani Xalqobod MFY, Oʻzbekiston koʻchasida ekologik nazorat tadbirlari oʻtkazilgan.
Reyd davomida mazkur hududda yangi qurilgan avtomobillarni yuvish shoxobchasining kirish qismida bir tup koʻp yillik chinor daraxti tag qismidan kesilgani, bir tupining esa tana qismiga qasddan shikast yetkazilgani maʼlum boʻlgan.
Mazkur holat boʻyicha inspektorlar tomonidan tezkor surishtiruv oʻtkazib, holatni 1973-yilda Toshkent shahri Chilonzor tumani, Gavhar koʻchasida yashovchi fuqaro X.D. tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunning tegishli moddalari talablarini buzilgani va 199 million soʻmdan ortiq miqdorida tabiatga zarar yetkazganligi aniqlandi, deyiladi xabarda.
Hozirgi kunda ish boʻyicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborish choralari koʻrilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent viloyatida ham yirik yong‘in sodir bo‘ldi Namanganda yo‘l o‘rtasiga ko‘p yillik chinor qulab tushdi Chirchiq daryosidan qum-shag‘al aralashmasi qazib olinishi oqibatida 65 mlrd so‘m zarar yetkazildi Oʻrta Chirchiqdagi korxonada gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi Toshkent viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi