Toshkent viloyati hokimi ayollarda onkologiyaning “kutilmagan” sababini ma’lum qildi
Zoyir Mirzayevning aytishicha, tandirda non yopgan ayolda saraton kasalligi bo‘lmaydi.

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ayollar orasida saraton kasalligi ko‘p uchrashiga sabablardan biri tandirda non yopish odatining yo‘qolgani ekanini aytdi.
Bu fikrni amaldor xalq bilan uchrashuvlardan birida aytdi. Zoyir Mirzayevning aytishicha, u Samarqandda ishlagan davrida koreyalik bir shifokor ayollar o‘rtasida onkologik kasalliklar tarqalishining sabablarini tahlil qilgan. Toshkent viloyati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mutaxassis 7-8 ta omilni sanab o‘tgan.
Ular orasida birinchi o‘rinda harakatsiz turmush tarzi, to‘rtinchi o‘rinda esa ayollarning tandirda non yopmay qo‘ygani turardi. Ma’muriyat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, issiq tandir yonida ishlash jarayonida organizm kuchli qiziydi, buning natijasida qon aylanishi deyarli ikki baravar tezlashadi va organizmni kasalliklardan tozalashga yordam beradi.
Zoyir Mirzayevning aytishicha, bu odamlar yo‘qotgan muhim omillardan biri bo‘lgan, chunki hozir aksariyat xonadonlarda tandir yo‘q va non yopilmaydi, ayollar esa hozirda “erlarini achchiq non yeyishga ehtiyotkorlik bilan o‘rgatishgan”.
Avvalroq Toshkent viloyati hokimi tadbirkorlar murojaatlarini qutilar yordamida o‘qishi haqida xabar berilgandi. Maxsus qutilar xatlarni to‘playdi, keyin ularni shaxsan viloyat rahbari Zoyir Mirzayev ochadi.
Izohlar