Toshkent shahri bir tumanining bir qismi chiroqsiz qoldi — manzillar
HET xodimlari podstansiyada ta’mirlash ishlarini olib boradi.

12-avgust kuni kechgacha Toshkentning Mirobod tumanida elektr ta’minoti qisman o‘chiriladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tumandagi TP-606-sonli transformator punktida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, shu sababli quyidagi manzillarda soat 16:00 gacha elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi:
- Fidoyilar ko‘chasi;
- Fitrat ko‘chasi;
- Qo‘shjuvoz ko‘chasi.
Ta’mirlash ishlari tugagandan so‘ng elektr ta’minoti tiklanadi. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, HET xodimlari sayyor tekshiruvlarda bodi-kameralardan foydalana boshlagan. Bu jarayonni nazorat qilish va uning bajarilishini kuzatish imkonini beradi, ma’lumotlarning yo‘qolishi yoki almashtirilishi xavfini bartaraf etadi.
Izohlar