4 Sentabr 2024, 11:58 Oʻzbekiston

Tadbirkorlarga limitdan oshgan elektr va gaz uchun qo‘shimcha to‘lov kamaytiriladi

O‘zbekistonda tadbirkorlarga limitdan oshgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qo‘shimcha to‘lov 10 baravarga kamaytiriladi.

Tadbirkorlarga limitdan oshgan elektr va gaz uchun qo‘shimcha to‘lov kamaytiriladi

O‘zbekistonda tadbirkorlarga limitdan oshgan gaz va “svet” uchun qo‘shimcha to‘lov kamida10 baravarga kamaytiriladi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmonida belgilandi.

Unga ko‘ra, 2024-yil 1-noyabrgacha tadbirkorlarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovni oldindan amalga oshirishda qulaylik yaratish, elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli miqdorlariga nisbatan shartnomaviy limitlarni oshirish va undan ortishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun qo‘shimcha to‘lovni kamida 10 baravarga kamaytirish choralari ko‘riladi.

2024-yil 1-noyabrdan davlat dasturlari asosida kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga barcha tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlari jalb qilinadi.

Prezident qaroriga asosan amalga oshirilayotgan “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan 100 million so‘mgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish yoki ular bo‘yicha kafilliklar taqdim etish tartibini saqlab qolgan holda tijorat banklariga va mikromoliya tashkilotlariga o‘z resurslari hisobiga mazkur mikrokredit miqdorini 300 million so‘mgacha oshirishga ruxsat etiladi.

Mashhur yangiliklar