27 Avgust 2024, 14:50 Oʻzbekiston

Surxondaryoda noqonuniy diniy ta’lim berayotgan shaxs jazoga tortildi

Boysun tumanida noqonuniy diniy ta’lim berish bilan shug‘ullangan shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Surxondaryoda noqonuniy diniy ta’lim berayotgan shaxs jazoga tortildi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida noqonuniy diniy faoliyatga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Boysun tumanida noqonuniy diniy saboq berish bilan shug‘ullanuvchi shaxs faoliyati aniqlangan. 1989-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti o‘rta bo‘lgan shaxs oyiga 500 ming so‘mdan bir million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda o‘z uyida 11 nafar voyaga yetmagan bolaga hujra sharoitida turli diniy adabiyotlardan foydalanib, noqonuniy diniy saboq berib kelgan.

Holat yuzasidan ayblanuvchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib, 10 sutka qamoq jazosi qo‘llanildi.

Mashhur yangiliklar