Boysundagi konda sodir bo‘lgan avariya qurbonlari 4 kishiga yetdi
“Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konida yuz bergan avariyada 4 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi.
Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konida 17-sentabr, seshanba kuni sodir bo‘lgan yangi avariya oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadovga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar konda ishlagan pudratchi tashkilot xodimlari bo‘lgan. Ularning shaxsiga aniqlik kiritilgan.
Bir kun avval Boysun tumanidagi bir nechta manbalar, jumladan, shifoxona xodimlari to‘rt kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi. Jabrlanganlar soni aniqlashtirilmoqda.
Tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan bir nechta jabrlanganlar borligi ma’lum. Ularning barchasiga ham kasalxonaga yotqizish zarurati bo‘lmagan. Soat 16:00 holatiga shifoxonada bir nafar ishchi bo‘lgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Poytaxtning ikki tumani vaqtincha gazsiz qoladi Davron Kabulovning otasi qariyb 345 mln so‘m jarimaga tortildi Farg‘onada gazdan noqonuniy foydalanganlar davlatga 5,5 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdi Boysundagi avariya qurbonlarining oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga oladi Boysun konidagi portlashda 11 kishi jarohat olgani ma’lum bo‘ldi