O‘zbekiston

Shavkat Umurzoqov “Shota Rustaveli” ko‘chasining rekonstruksiyasiga izoh berdi

Ma’lum bo‘lishicha, Xitoy kompaniyasi Toshkent hokimiyatiga yo‘l loyihalari uchun 300 million dollar ajratgan.

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida Toshkent ko‘cha-yo‘l infratuzilmasini tubdan yangilash rejalari haqida ma’lumot berdi.

Hokimning aytishicha, China State Construction Engineering Corporation (CSCEC) Toshkent hokimiyatiga 300 million dollar ajratgan. Ushbu mablag‘ poytaxt yo‘l tarmog‘ini keng ko‘lamda yangilashga yo‘naltirilgan. Ishlar Shota Rustaveli ko‘chasida allaqachon boshlangan. Loyiha doirasida 200 kilometr yo‘lni ta’mirlash va qurish, shuningdek, to‘rtta yo‘l o‘tkazgich barpo etish mo‘ljallangan.

Hokim ta’kidlashicha, bundan buyon barcha kapital ishlar majmuaviy tarzda — binolarning peshtoqidan tortib to ko‘chalarning zamonaviy va tartibli ko‘rinishigacha amalga oshiriladi. U yana prezident topshirig‘iga ko‘ra qurilish qonunchiligiga tegishli o‘zgartirishlar tayyorlanayotganini ham aytib o‘tdi.

Mavzuga doir: Markaz bo‘ylab ajratilgan joylar, “kesilgan doira” va avtoturargohlar: Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasi qanday rekonstruksiya qilinmoqda? Hokimiyat vakillari aholining o‘z takliflarini kiritishi mumkinligini ta’kidlagan

Izohlar

Mavzuga oid

Главная