5 Sentabr 2024, 17:52 Oʻzbekiston

Sharof Rashidovning o‘g‘li vafot etdi

Sharof Rashidovning o‘g‘li Ilhom Rashidov 74 yoshida vafot etdi.

Sharof Rashidovning o‘g‘li vafot etdi

Sharof Rashidovning o‘g‘li Ilhom Rashidov vafot etdi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Adliya vazirligi jamoasi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi, notariat bo‘limi bosh maslahatchisi Nadira Ilhomovna Rashidovaning otasi Ilhom Sharofovich Rashidovning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiradi, deyiladi xabarda.

“Nuz.uz” uning yozishicha, u og‘ir va uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 5-sentyabr kuni 74 yoshida vafot etdi.

Ilhom Rashidov O‘zbekistonni 24 yil boshqargan rahbar Sharof Rashidovning uch qizdan so‘ng to‘rtinchi farzandi bo‘lgan.

Sharof Rashidovning kenja qizi Svetlana Rashidova 2021-yil dekabrida 70 yoshida AQShda vafot etgandi.

Mashhur yangiliklar