8 Iyul 2024, 09:44 Oʻzbekiston

Samarqandda qurilish maydonida qimmatbaho daraxtlar kesib tashlandi

Qurilish korxonasi masʼullari 4 tup qimmatbaho va 1 tup kam qimmatli turdagi daraxtni ildiz qismi bilan qazib tashlab, yoʻq qildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochilishi bildirilgan.

Samarqandda qurilish maydonida qimmatbaho daraxtlar kesib tashlandi

Samarqand shahridagi qurilish maydonida daraxatlar kesib tashlandi. Bu haqda Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Samarqand shahrida qurilish ishlarini olib borayotgan “S.Ye.Sh.” MCHJ masʼullari tomonidan hududdagi 4 tup qimmatbaho va 1 tup kam qimmatli turdagi daraxt ildiz qismi bilan qazib tashlab, yoʻq qilingan. Holat Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi Ekologik nazorat inspeksiyasi hamda shahar nazorat inspeksiyasi tomonidan olib borilgan nazorat reyd tadbiri davomida aniqlangan.

Hozirda, daraxtlarning yoʻq qilinishi oqibatida oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblangan. Holatda jinoyat alomatlari boʻlganligi uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.

Mashhur yangiliklar