O‘zbekiston

Samarqandda ilk bor Samarqand osh xalqaro festivali o‘tkaziladi

Viloyatning eng yaxshi oshpazlari yetti tonna milliy taom tayyorlab, mehribonlik uylari, qariyalar uylari va internatlarga tarqatadi.

2025-yil 1–3-avgust kunlari Samarqand shahrida ilk bor “Samarqand oshi” xalqaro festivali o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi axborot xizmati.

Festival doirasida mahalliy va xorijiy oshpazlar ishtirokida musobaqalar, osh tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari, hunarmandlar yarmarkasi, madaniy-ko‘ngilochar dasturlar o‘tkaziladi. Tadbirning birinchi kuni Sulton Xovandbek — Ashratxona maqbarasi hududida mahalliy oshpazlar o‘rtasida musobaqa bilan boshlanadi.

Ikkinchi kun Alisher Navoiy ko‘chasida xorijlik oshpazlar o‘z mahoratini namoyish etadi. Tashrif buyuruvchilarga palovning 20 dan ortiq turi — Farg‘ona va Toshkentning klassik palovidan tortib, afg‘on, eron, arab va boshqa milliy turlari taqdim etiladi.

Festivalning so‘nggi kunida “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik bog‘ida viloyatning eng yaxshi oshpazlari tomonidan 7 tonna Samarqand palovi tayyorlanadi. Festivalda tayyorlangan palov mehribonlik uylari, imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, qariyalar uylari kabi muassasalarga yetkaziladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda palov tayyorlash narxi qancha? Eng qimmat masalliqlar Toshkentda bo‘ladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная