2 Avgust 2024, 14:54 Oʻzbekiston

Samarqandda g‘isht zavodi 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Bulung‘ur tumanida 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan g‘isht zavodiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda g‘isht zavodi 1,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Samarqand viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan g‘isht ishlab chiqarish zavodi aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda nazorat tadbiri o‘tkazilgan. Tadbirda Bulung‘ur tumanidagi “E.G.D.” MCHJga qarashli g‘isht ishlab chiqarish zavodidagi hisobga olish uskunasiga tok transformatori koeffitsiyentini o‘zgartirish yo‘li bilan tashqi taʼsir ko‘rsatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Ushbu qoidabuzarliklar natijasida davlat manfaatlariga 1 milliard 109 million so‘mlik (1 million 286 ming kVt/soat elektr energiyasi) zarar yetkazilgani maʼlum bo‘lgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar