Samarqandda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi
Hodisa oqibatida bir nafar haydovchi tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
Samarqand shahrida “Range Rover”, “Lacetti Optra” va “Damas” mashinalari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea 10-oktyabr kuni soat 01:00 larda Samarqand shahar Zulfiya mahallasi hududidan oʻtuvchi Buyuk Ipak yoʻli koʻchasida sodir boʻlgan. “Range Rover” haydovchisi katta tezlikda harakatlanib, boshqaruvni yoʻqotgan va avvaliga oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanayotgan “Lacetti Optra” avtomobili orqasidan, keyin toʻxtab turgan “Damas” avtomobiliga urilgan.
Hodisa oqibatida “Lacetti Optra” haydovchisi tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
“Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Samarqandda 621 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi Samarqandning 4 hududida 614 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Toshkentda Zeekr va Onix ishtirokida YTH yuz berdi Farg‘onada voyaga yetmagan qiz o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi Jizzaxda 13 va 4 yoshli opa-singilni mashina urib ketdi