10 Oktabr 2024, 10:49 •Oʻzbekiston
G‘uzordagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi
Qashqadaryo viloyatida Mercedes-Benz va Labo to‘qnashuvida ikki kishi halok bo‘ldi.
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida 7-oktyabr kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi vafot etdi, deb xabar beradi viloyat YHXB matbuot xizmati.
YTH soat 14:20 larda Qoratikan mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘lda sodir bo‘lgan. Haydovchi B.T. boshqaruvidagi Mercedes-Benz avtomobili qarshisidan kelayotgan haydovchi Q.S. boshqaruvidagi Labo bilan to‘qnashgan.
Oqibatda Labo ichida bo‘lgan 2 nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
Toshkentda fuqaroni xorijga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi
7 Noyabr 2024, 19:26Buxoroda noqonuniy ov qilganlar tabiatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi
7 Noyabr 2024, 18:57MIB mansabdorlari 202,9 mlrd so‘mlik ijro ishlarini asossiz yopib yuborgani aniqlandi
7 Noyabr 2024, 18:16Fuqarolar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi
7 Noyabr 2024, 17:40Ulugʻbek Qosimov ham Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi
7 Noyabr 2024, 16:49Fargʻonada 4 nafar fuqaro fast-fuddan zaharlandi
7 Noyabr 2024, 16:39Xorazmda kiyim-kechak bozori yonib ketdi
7 Noyabr 2024, 15:42Toshkentdan Issiqko‘lga poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
7 Noyabr 2024, 14:55