Samarqandda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi
Hodisa oqibatida bir nafar haydovchi tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
Samarqand shahrida “Range Rover”, “Lacetti Optra” va “Damas” mashinalari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea 10-oktyabr kuni soat 01:00 larda Samarqand shahar Zulfiya mahallasi hududidan oʻtuvchi Buyuk Ipak yoʻli koʻchasida sodir boʻlgan. “Range Rover” haydovchisi katta tezlikda harakatlanib, boshqaruvni yoʻqotgan va avvaliga oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanayotgan “Lacetti Optra” avtomobili orqasidan, keyin toʻxtab turgan “Damas” avtomobiliga urilgan.
Hodisa oqibatida “Lacetti Optra” haydovchisi tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
“Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB TB tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi Samarqand viloyatiga yangi rahbar tayinlandi Tartibga solinmagan o‘tish joyida piyodani urib yuborgan haydovchiga nisbatan hukm o‘qildi Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov sog‘lig‘i sabab ishdan ketayotgani aytildi Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi mumkin