28 Noyabr 2024, 17:28 Oʻzbekiston

Samarqand viloyatiga yangi rahbar tayinlandi

Adiz Boboyev Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Samarqand viloyatiga yangi rahbar tayinlandi

Adiz Muzafarovich Boboyev Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda prezidentning tegishli farmoni imzolangan.

U 2018 yildan buyon viloyatga hokimlik qilib kelgan va salomatligi tufayli ishdan ketgan Erkinjon Turdimov o‘rnini egalladi.

Adiz Boboyev 1972 yil Buxoro viloyati Vobkent tumanida tug‘ilgan. 1993 yil Toshkent xalq xo‘jaligi institutini «Iqtisodiy va ijtimoiy rejalashtirish» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

1993–2002 yillarda Buxoro viloyati hokimligi moliya boshqarmasi mutaxassisi, 2-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2002–2007 yillarda esa Buxoro viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – jamlanma budjet bo‘limi boshlig‘i, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

2008–2010 yillarda Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi ijro etuvchi direksiyasi Daromadlarni prognozlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2010–2012 yillarda Moliya vazirligi Davlat budjeti bosh boshqarmasi Daromadlarni rejalashtirish va jamlangan budjet tushumlarini tahlil qilish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2012–2017 yillarda Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha jamg‘armasi ijro etuvchi direksiyasi ijro etuvchi direktori o‘rinbosari, keyinchalik Budjetdan tashqari ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi ijro etuvchi direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. 2017–2019 yillarda Moliya vazirligi Investitsiyalar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 2019–2020 yillarda Moliya vazirligi Davlat rivojlantirish dasturlarini moliyaviy ta’minlash departamenti direktori lavozimida ishlagan.

2020–2023 yillarda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari, 2023–2024 yillarda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari bo‘lgan.

2024 yilning yanvarida Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlangandi.

Mashhur yangiliklar