5 Avgust 2024, 16:02 Oʻzbekiston

“Saidaziz medgorodok” ham 20 yilga qamaldi

Saidaziz Saidaliyev 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi, jazoni umumiy koloniyada o‘tash belgilandi.

“Saidaziz medgorodok” ham 20 yilga qamaldi

Bugun, 5-avgust kuni “Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev va yana 28 kishiga oid jinoyat ishi yakunlari bo‘yicha hukm o‘qilmoqda. Jarayon Toshkent shahri jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudida sud raisi Murod Mirzajonov raisligida o‘tmoqda.

Sudda ishtirok etayotgan manbaning xabar berishicha, Saidaziz Saidaliyev 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Jazoni umumiy koloniyada o‘tash belgilangan.

Saidaliyev Jinoyat kodeksining quyidagi moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan:

  • 165 (Tovlamachilik);
  • 168 (Firibgarlik);
  • 242 (Jinoiy uyushma tashkil etish);
  • 243 (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish);
  • 277 (Bezorilik);
  • 28,211 (Pora berishda ishtirok).

Mashhur yangiliklar