9 Oktabr 2024, 08:17 Oʻzbekiston

Qoraqalpog‘iston Transport vazirligiga rahbar tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri vazifasini bajaruvchi tayinlandi.

Qoraqalpog‘iston Transport vazirligiga rahbar tayinlandi

Paraxat Kaipbekov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlov 8-oktabr kuni transport xizmatini ko‘rsatish hamda soha bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish va tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan majlisda amalga oshirildi. Uni Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari Sh. Dauletiyarov olib bordi.

Paraxat Kaipbekov shu kunga qadar “QQavtotexxizmat” MChJ bosh direktori lavozimida faoliyat olib borgan. Shuningdek, mehnat faoliyati davomida Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari kabi vazifalarda ishlagan.

Mashhur yangiliklar