Qo‘shtepa kanali qurilishining ikkinchi bosqichi ham deyarli yakunlandi
Amudaryo suvini Afg‘onistonning ayrim hududlariga olib boradigan kanal qurilishi 128 kilometr uzunlikdagi hududda jadal amalga oshirilmoqda.
Qo‘shtepa kanali ikkinchi bosqichining 81 foizi va ushbu kanal to‘g‘oni qurilishining 67 foizi yakunlandi. Bu haqda Afg‘oniston Milliy taraqqiyot kompaniyasi ma’lum qildi.
Bu katta irrigatsion loyiha Amudaryo suvini Afg‘onistonning ayrim hududlariga olib o‘tish uchun amalga oshirilmoqda va bu Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida xavotirlarga sabab bo‘lmoqda.
Qobuldagi IRNA muxbirining xabariga ko‘ra, Afg‘onistonning Milliy taraqqiyot kompaniyasi mas’ullari bir necha kun avval rasmiy bayonot berib, Qo‘shtepa kanali ikkinchi bosqichidagi ishlar 81 foizga yakunlanganini va kanalning bosh to‘g‘oni qurilishida 67 foiz progressga erishilganini ma’lum qildi.
Bayonotga ko‘ra, kanal ustida to‘rtta ko‘prik qurilishi davom etmoqda va kelgusida Qo‘shtepa kanali yo‘nalishida yana boshqa ko‘priklar ham quriladi. Qo‘shtepa kanali birinchi bosqichi yakunlangandan so‘ng, uning ikkinchi bosqichi Balx viloyatining Davlatobod tumanida boshlanib, Faryob viloyatining Andxo‘y tumanigacha 128 kilometr uzunlikdagi hududda jadal amalga oshirilmoqda.