Afg‘oniston o‘zbekistonlik haydovchilardan undiriladigan yig‘imlar miqdorini kamaytirdi
O‘zbekiston yuk tashuvchilari uchun Afg‘onistonda undiriladigan yig‘im miqdori kamaytirildi.

Afg‘oniston tomoni bilan olib borilgan muzokaralar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston yuk tashuvchilari uchun Afg‘onistonda undiriladigan yig‘im miqdori kamaytirildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘zbek haydovchilaridan mamlakat hududida undiriladigan yig‘imlar 6 500 afg‘oni miqdorida (taxminan 99 dollar) kamaytirildi.
Jumladan, Amudaryo ko‘prigidan o‘tish uchun avval 12 000 afg‘oni (taxminan 182 dollar) miqdorida undiriladigan yig‘im 28-sentyabrdan 7 000 afg‘oni (taxminan 106 dollar) etib belgilandi. Afg‘onistonga yuk avtotransport vositasini kirishi uchun avval 5 000 afg‘oni (taxminan 76 dollar) miqdorida undiriladigan yig‘im esa 3 500 afg‘oni (taxminan 53 dollar) etib belgilandi.
Transport vazirligi Transafg‘on multimodal transport yo‘lagi orqali yuk tashuvlariga qulay sharoitlar yaratish, undiriladigan yig‘imlar miqdorini optimallashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilayotganini bildirdi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston 26 yildan so‘ng qishki Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi Oʻzbekiston amputantlar jamoasi Osiyo chempioni boʻldi Gulruhbegim Tohirjonova endi O‘zbekiston bayrog‘i ostida musobaqalarda ishtirok etadi O‘zbekiston amputant futbolchilari Osiyo chempionati finaliga chiqdi O‘zbekiston Korrupsiyani qabul qilish indeksida nechanchi o‘rinda ekani aytildi
Soʻnggi yangiliklar







