O‘zbekiston Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam jo‘natdi
Insonparvarlik yuklari Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda bir qator mutasaddilar tomonidan yetkazib berilgan.

Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami, jumladan, oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berildi, deb xabar qildi Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Jami 9 vagondan iborat “Salomatlik” tibbiy-sanitar yordami 25−30-dekabr kunlari Afg‘onistonning Balx viloyatida bir guruh aholi malakali shifokorlar tomonidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Mazkur insonparvarlik yordami O‘zbekiston va Afg‘oniston hukumatlarining uchrashuvida afg‘on xalqini O‘zbekiston shifokorlari tomonidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda ko‘mak ko‘rsatish so‘roviga asosan amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.
Insonparvarlik yuklari Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Transport va Tashqi ishlar vazirliklari, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mutasaddilari tomonidan yetkazib berildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Surxondaryoda supurgilar dastagiga yashirilgan 612 kg giyohvandlik vositasi fosh qilindi Surxondaryoda noqonuniy alkogol mahsulotlari savdosi fosh qilindi O‘zbekiston afg‘on harbiylari olib o‘tgan vertolyotlarning bir qanchasini AQShga qaytargan Surxondaryoda noruda foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olish holati aniqlandi Surxondaryo viloyatidagi YTHda piyoda halok bo‘ldi
Soʻnggi yangiliklar







