Qator hududlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
O‘zbekistonning qator hududlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh qilindi.
Kattaqo‘rg‘on, Past Darg‘om va Baliqchi tumanlari hamda Andijon va Jizzax shaharlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi, deb xabar bermoqda Prokuratura departamenti axborot xizmati.
Unga ko‘ra, bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kattaqo‘rg‘on va Past Darg‘om tumanlari bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ushbu hududlardagi “F.Z.” fermer xo‘jaligi rahbari G.X. hamda YATT E.N. elektr suv nasoslarini tijorat maqsadida tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 217,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Shu kabi departamentning Andijon shahri va Baliqchi tumanlari bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqaro X.K. va “S.V.” MCHJ mas’ul shaxslari tijorat maqsadida o‘zlariga tegishli savdo do‘konlarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, jami 214,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Departamentning Jizzax shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro B.B. yashash xonadonida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga ulanib, ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, jami 151,8 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi Namanganda 2,1 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Andijonda giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlayotgan shaxslar ushlandi Samarqandda fermer xo‘jaligi salkam 1 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlagani aniqlandi Andijonda erkak 2,8 ming dollar aliment pulini oldindan toʻladi