Qashqadaryodagi shifoxona 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalandi
Qarshi shahridagi ona va bola salomatligi markazi 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi tibbiyot muassasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqqa ulanib elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi, deb xabar berdi “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati.
Tashkilotning viloyat hududiy boshqarmasi va Bosh prokuratura departamenti hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi markazi filialida 4 dona chiller sovutish tizimi (quvvati 612.6 kVt) elektr tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangani aniqlangan.
Ushbu qoidabuzarlik oqibatida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasi manfaatiga 2 milliard 182 million so‘mlik zarar yetgan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi Namanganda 2,1 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Samarqandda fermer xo‘jaligi salkam 1 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlagani aniqlandi Qashqadaryoda avariya sabab ayrim hududlar vaqtincha gazsiz qoldi Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi