18 Sentabr 2024, 12:01 Oʻzbekiston

Qashqadaryoda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani sex fosh qilindi

Qarshi shahridagi sex 232 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi.

Qashqadaryoda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani sex fosh qilindi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 232,8 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi. Bu haqda Prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. Fuqaro A.N. va boshqalar tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan Qarshi shahri “Naqshab” MFY hududidagi xonadonda novvot ishlab chiqarish sexini tashkil etishib, umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga yashirincha ulangan va jami 232,8 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar