Qashqadaryoda mast haydovchi pichoqlagan IIB katta inspektori vafot etdi
Koʻkdala tumani IIB katta inspektori mast haydovchining pichoq bilan jarohat yetkazgani oqibatida vafot etdi. Holat yuzasidan Jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, gumonlanuvchi ushlandi.
8-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumani IIB katta inspektori halok boʻldi, deb xabar bermoqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, soat 19:00 da tuman IIB jamoat xavfsizligi xizmati yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi katta inspektori E.P. 1966-yilda tugʻilgan haydovchi S.B. boshqaruvidagi Lacetti avtomashinani toʻxtatgan, bunga yuqori tezlik sabab boʻlgan.
Mast haydovchi mashinadan tushib qochishga uringan hamda uni taʼqib qilgan inspektorga tashlangan, soʻng yonida boʻlgan oshxona pichogʻini inspektorga bir necha bor urib, jarohat yetkazgan hamda hodisa joyidan yashiringan. Koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, katta inspektor Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialida vafot etgan.
Holat yuzasidan 9-iyul kuni tuman prokuraturasi tomonidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) 2-qismi va 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Qashqadaryoda avariya sabab ayrim hududlar vaqtincha gazsiz qoldi Uch hududda 671 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Qashqadaryoda Isuzu 95 bosh qo‘yni bosib ketdi Qashqadaryoda isteʼmolga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqargan shaxs ushlandi Qashqadaryodagi xususiy klinikada bemor ayol vafot etdi