25 Noyabr 2024, 16:38 Oʻzbekiston

Qashqadaryoda ayoli va 2 oylik chaqalogʻini oʻldirgan erkak oʻz joniga qasd qildi

Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani prokurori tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Qashqadaryoda ayoli va 2 oylik chaqalogʻini oʻldirgan erkak oʻz joniga qasd qildi

Qashqadaryoda ayoli va 2 oylik chaqalogʻini oʻldirgan erkak oʻzini osib oʻz joniga qasd qildi.

Maʼlum  boʻlishicha, hodisa kecha, 24-noyabr kuni Kitob tumani, “Oqsuv” MFY, Xoʻjaisparoz qishlogʻida sodir boʻlgan. 1998-yilda tugilgan erkak shu kuni soat 13:00 larda xonadonida boʻlgan oshxona pichogʻi bilan 1996-yilda tugilgan turmush oʻrtogʻi hamda joriy yilning sentyabr oyida tugʻilgan qizini qasddan oʻldirgan.

Shundan soʻng, u yashash uyining xoʻjalik binosida arqondan sirtmoq yasab, oʻzini osib oʻz joniga qasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan 24-noyabr kuni Kitob tumani prokurori tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Qoʻshimcha qilinishicha, gumonlanuvchi shaxs (marhum) 2006-yildan buyon viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida roʻyxatda turgan.

Mashhur yangiliklar