Prokuror “Saidaziz Medgorodok”ga 20 yil berishni so‘radi
26 iyul kungi sud majlisida prokuror muzokara nutqiga chiqib, suddan Saidaziz Saidaliyevga 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni so‘radi.
“Saidaziz Medgorodok” ishida sud tergovi yakunlandi. 26 iyul kungi sud majlisida prokuror muzokara nutqiga chiqib, suddan Saidaziz Saidaliyevga 20 yil, Mirsolih Mirxo‘jayevga 15 yil, boshqa sudlanuvchilarga 3 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni so‘ragan.
Jumladan, davlat ayblovchisi sudlanuvchilar Sh.Samiyevga 15 yil; G‘. O‘rinboyev, F.Alimov va J.Badalovga 13 yil; Sh. Quvvatov, A.Akramov, U. Rahimov va I. Sotiboldiyevga 12; Samadovga 11 yil; D. Sultonovga 8 yil va boshqa sudlanuvchilarga turli muddatlarga qamoq jazosi, jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashni belgilashni so‘radi.
Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi Saidaziz Saidaliyevga dastlabki tergov organi tomonidan jinoyat ishi yuzasidan 14 ta epizod bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. Prokuror muzokara nutqida B.Qudratullayevni 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilish, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashni belgilashni so‘ragan. Jinoiy yo‘l bilan orttirilgan pul va boshqa boyliklarni jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplashga, qolgan qismini davlat foydasiga o‘tkazishni so‘ragan.
Keyingi sud majlisida advokat va sudlanuvchilar tinglanadi. Sud 30 iyulga qadar tanaffus e’lon qildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Buxoroda erkak xotinining boshiga bolta bilan ogʻir jarohat yetkazdi Toshkentda tanishining jinsiy a’zosini kesib tashlaganlarga sud hukmi o‘qildi Sud Botir Qodirovni Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li deb topdi Sobiq vazir Aziz Voitov ishi sudda ko‘rib chiqildi Pavel Durov garov puli evaziga ozod etildi