Poytaxtning ikki tumani vaqtincha “svet”siz qoladi
Elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli Toshkent shahrining bir qancha hududlarida elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi.
Bugun, 4-dekabr kuni Toshkent shahrining bir qancha tumanlarida elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli quyidagi hududlarda taʼminot vaqtincha oʻchiriladi:
Yunusobod tumani:
“Mingchinor”, “Nurmakon”, “Sobirobod”, “Yolariq” mahallalarining ayrim hududlarida hamda 4-mavze hududidagi “Rezidensiya” qurilish majmuasi, AQSh elchixonasida soat 9:00 dan 18:00 gacha; “Mirzo Ulugbek”, “Buyuk Turon”, “Bodomzor”, “Firdavsiy”, “Boʻzsuv”, “Shayx Shivli” va “Xiyobon Tepa” mahallalarida soat 00:00 dan 4:00 gacha;
Mirzo Ulugbek tumani:
“Pastki Yuz”, “Geologlar” hamda “Geofizika” mahallalarining ayrim hududlarida soat 8:00 dan 17:00 gacha; “Mustaqillik”, “Oqqoʻrgʻon”, “Hamid Olimjon” hamda “Mirza Kalon Ismoiliy” mahallalarida soat tungi 00:00 dan 4:00 gacha.
Oʻz navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻragan.
Мавзуга оид хабарлар:
Avtobusda ayol kishining yuziga tuflagan erkak qamaldi Toshkentdagi ikki maktabda virusli gepatit bilan kasallanish holatlari aniqlandi Toshkentda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi vakolatxonasi ish boshladi Buxoroda 943 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi Toshkent — Xo‘jakent yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd qo‘yildi