Ohangaron va Namanganda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Ohangaron va Namangan tumanlarida elektrdan noqonuniy foydalanganlar davlatga 400 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi.
Ohangaron shahri va Namangan tumanida elektr energiyasi tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departamenti.
Unga ko‘ra, departamentning Ohangaron shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro F.J. “Birlik” MFY hududidagi xonadonda qog‘oz hamda plastmassa buyumlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 290,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Namangan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ibrat” MFY hududidagi noturar qurilish obyektida fuqarolar D.A. va A.A. elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, kompyuter xizmati ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yib, jami 138,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda 4 kishini Buyuk Britaniyaga noqonuniy jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga yo‘naltirildi Namanganda 2,1 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Namanganda ham oilaning 3 aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi