O‘zbekistonda Umra safarlarini tashkil etuvchi turfirmalarni tekshirish uchun “sirli mijozlar” paydo bo‘ladi
Mutaxassislar yashirin suratga olishni ham amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonda “sirli mijozlar” umra safari tashkilotchilarini tekshirishni boshlaydi, deya xabar berdi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘mita xodimlari mijoz niqobi ostida turoperatorlarga murojaat qilib, litsenziya mavjudligi, sayohat shartlari, narxi va to‘lov usulini tekshiradi. Shuningdek, zarurat tug‘ilganda “sirli” xaridorlar yashirin yozuv yuritishlari mumkin bo‘ladi.
Bunday tekshiruvlar ziyoratchilarning huquqlarini yaxshiroq himoya qilish va litsenziyasiz sayyohlik agentliklari tomonidan noqonuniy xizmatlarni o‘z vaqtida aniqlashga yordam berishi rejalashtirilgan. Huquqbuzarliklar tasdiqlangan taqdirda, materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi yoki qo‘mita xodimlari rasmiy tekshiruv tashabbusi bilan chiqadi.
Avvalroq O‘zbekistonda 19 ta sayyohlik firmasi umrani noqonuniy tashkil etgani uchun jazolangani haqida xabar berilgandi. Jarimalar miqdori taxminan bir yarim milliard so‘mni tashkil etdi.
Izohlar