Haj amallarini muvaffaqiyatli ado etgan dastlabki ziyoratchilar Toshkentga qaytib keldi
Hududlar aholisi uchun hokimiyat tomonidan maxsus avtobuslar tashkil etilgan.

Haj ziyoratini muvaffaqiyatli ado etgan ilk ziyoratchilar Toshkentga qaytdi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 12 iyun kuni HY-5304 reysi bilan Jidda shahridan 245 nafar ziyoratchi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ngan, ularni qarindoshlari va yaqinlari kutib olgan.
Bundan tashqari, hududlardan kelgan ziyoratchilar uchun kirish yo‘lida maxsus avtobuslar tashkil etildi. 12-30 iyun kunlari Jiddadan Toshkent, Namangan, Qarshi, Samarqand, Buxoro, Urganch va Nukus shaharlariga jami 62 ta aviareys jo‘natilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularda 15 150 nafar ziyoratchi Hajdan qaytib keladi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Musulmonlar idorasi rahbariga qo‘ng‘iroq qilib, ziyoratchilarning salomatligini so‘ragani haqida xabar berilgandi. Nuriddin Xoliqnazar prezidentga hajga borganlarning salomi va duolarini yetkazgan.
Izohlar