O‘zbekistonda taksi haydovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tganlar soni yarim milliondan oshdi
Avval norasmiy ishlab kelgan 576,1 ming nafar haydovchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgani maʼlum qilindi.
O‘zbekistonda 576,1 ming haydovchi taksi xizmati sohasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, avval norasmiy ishlab kelgan 576,1 ming haydovchi yo‘lovchi tashish sohasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tgan. Ulardan 361 ming nafardan ziyodi agregatorlar orqali xizmat ko‘rsatadi, bu mart oyidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 2 barobar ko‘p. Taksi haydovchilarining 99,2 foizi erkaklar hisoblanadi.
Shu bilan birga, yil boshidan 15 avgustgacha agregatorlar orqali 166 milliondan ortiq qatnov uchun 3 trillion so‘mlik fiskal chek berilgan. 1 mart holatiga (18,3 mln qatnov) taqqoslaganda qatnovlar soni 9 barobarga ortgan.
Aprel oyida 6 ta taksi agregatori soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan bo‘lsa, avgustga kelib, ularning soni 142 tani tashkil etgan.
Bir martalik yo‘lovchi tashishning o‘rtacha narxi 18 ming so‘mni tashkil etgan. Yo‘lkiraning 75,3 foizi naqd ko‘rinishida to‘langan.
Мавзуга оид хабарлар:
Endi reytingi yuqori tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi Ayrim tadbirkorlarga to‘lagan solig‘ining bir qismi qaytarib beriladi Tovarlarini elektron platformalar orqali sotuvchilarga soliqlar oshirilishi mumkin Toshkent viloyatida taksichiga pichoq bilan hujum qilgan ikki talaba qamaldi O‘zbekistonda ayrim turdagi soliq stavkalari oshiriladi