O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi boshqarmasi va bo‘limi boshlig‘i lavozimi tugatiladi
Hokimlarning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga qo‘shimcha vazifa yuklanadi.
“Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tuzilmalariga – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimi;
- tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari tuzilmalariga – hokimning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i lavozimi kiritiladi.
Bungacha hokimlarning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuzilmasidagi qishloq xo‘jaligi boshqarmalari (bo‘limlari) boshlig‘i lavozimlari alohida-alohida edi.
Yangi qaror bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuzilmasidagi bu lavozim qisqartirilib, bo‘shagan shtatlarga oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga mas’ul xodim lavozimi joriy etiladi.
Hokim o‘rinbosarlari oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalarini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini ko‘paytirish orqali sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilishga mas’ul bo‘ladi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi Chirchiq shahri hokimi o‘rinbosari 1 mln dollar pora bilan ushlandi Andijon hokimining sobiq o‘rinbosari 3 mln dollar bilan ushlangani aytilmoqda Toshkent viloyati hokimiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi