O‘zbekistonda o‘tgan yili 100 tonna oltin qazib olindi
Mamlakatning oltin zaxirasi esa 10 yil ichida 154 tonnaga oshgan.
Qozog‘istonda 2023-yilda 130 tonna, O‘zbekistonda 100 tonna oltin qazib olingan. AQSH Geologiya xizmati shunday maʼlumot berdi, deb yozmoqda “Tazabek.kg” nashri.
Qozog‘istonda qazib olish hajmi 2022-yilga nisbatan 15 tonnaga ko‘paygan, O‘zbekistonda esa 4 tonnaga kamaygan. Rossiyada 310 tonna oltin qazib olinib, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga mos keladi.
Umuman olganda, 2023-yilda jahonda 3 ming tonna oltin ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu 2022-yilga nisbatan 60 tonna kamdir. Qirg‘izistonda oltin qazib olish hajmi bo‘yicha so‘nggi baholashni AQSH Geologiya xizmati hali e’lon qilmagan. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda Qirg‘izistonda 25,3 tonna oltin qazib olingandi.
O‘zbekiston 2013-2023-yillarda oltin zaxiralarini faol oshirayotgan davlatlar ro‘yxatida oltinchi o‘rinni egallab turibdi. O‘n yil ichida O‘zbekistonning oltin zaxirasi 154 tonnaga oshgan. Zaxiralarni oshirish bo‘yicha Rossiya yetakchi bo‘ldi — 1,3 ming tonna. Xitoy 1,2 ming tonna bilan ikkinchi, Turkiya esa 424 tonna bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Qozog‘istonda oltin zaxiralari 151 tonnaga oshgan bo‘lib, bu mamlakat dunyo reytingida yettinchi o‘rinda turibdi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekiston oktyabr oyida 833 mln dollarlik oltin sotdi O‘zbekiston oltin ishlab chiqaruvchi davlatlarning yetakchi o‘ntaligiga kirdi Boysun konidagi portlashda 11 kishi jarohat olgani ma’lum bo‘ldi Boysundagi konda sodir bo‘lgan avariya qurbonlari 4 kishiga yetdi Boysundagi konda yana avariya yuz berdi. Qurbonlar bor