O‘zbekistonda nazariy bilim olish uchun avtomaktablarga borish majburiy bo‘lmaydi
Fuqarolar mustaqil ravishda ta’lim olishi va ta’lim muassasalarida faqat dasturning amaliy qismidan o‘tishi mumkin bo‘ladi.

2026 yil fevralidan boshlab “A” va “B” toifali haydovchilik guvohnomasini olishga da’vogar shaxslarga majburiy o‘quv dasturining nazariy qismini avtomaktablarga qatnashmasdan mustaqil ravishda o‘zlashtirishga ruxsat beriladi, deb xabar qilmoqda YHXX matbuot xizmati.
Ta’limning amaliy qismini fuqarolar avtomaktabda o‘zlashtirishlari kerak bo‘ladi. Nazariy bilimlarni onlayn, oflayn yoki mustaqil ravishda o‘zlashtirish mumkin bo‘ladi. Amaliyot yakunlangach, fuqarolar kursni tamomlaganlik to‘g‘risidagi alohida guvohnomani ko‘rsatmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazariy va amaliy imtihonlarni topshirishlari mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda avtomaktabda o‘qigan fuqarolar uchun yagona namunadagi elektron guvohnomalar joriy etiladi. Hujjatlarda imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlik tasdig‘i bo‘ladi.
Izohlar