Sud tomonidan haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinganidan keyin uni qanday qilib qaytarib olish mumkin?
YHXX, shuningdek, hujjat yo‘qolganidan keyin uni tiklash masalasiga aniqlik kiritdi.

O‘zbekiston IIV YHXBB haydovchilik guvohnomasi sud qarori bilan muayyan muddatga olib qo‘yilgan hollarda, haydovchilik guvohnomasini tiklashning muayyan tartibi mavjudligini ma’lum qildi.
Sud tomonidan belgilangan muddat tugagach, fuqaro tibbiy ko‘rikdan, tayyorlov kurslaridan o‘tishi, nazariy va amaliy imtihonlar topshirishi lozim.
Biroq bu yo‘qolish holatlariga taalluqli emas: yangi hujjat qayta topshirishsiz, belgilangan tartibda beriladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar oshirilgandi. 1-avgustdan boshlab O‘zbekistonda BHM miqdori qariyb 10 foizga – 375 ming so‘mdan 412 ming so‘mgacha oshadi, shu bilan birga boshqa to‘lovlar ham ko‘payadi. To‘liq jarimalar ro‘yxati va jarima miqdori bilan havola orqali tanishish mumkin.
Izohlar