O‘zbekiston

O‘zbekistonda issiq tufayli bolalar bog‘chalari yopila boshlandi

Navbatdagi jazirama to‘lqini soyadagi havoni 45 darajagacha isitadi.

Фото: Ситуативное

16-iyul kuni Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumani hokimligi axborot xizmati barcha maktabgacha ta’lim muassasalari yopilishini ma’lum qildi.

17-iyuldan boshlab janubdan — Eron, Turkmaniston va Afg‘oniston hududlaridan O‘zbekistonga issiq havoning navbatdagi qismi kirib kelishi, harorat soyada ba’zi joylarda 45 darajagacha ko‘tarilishi, shuningdek, changli shamol tezligi 18 m/s gacha yetishi kutilmoqda.

Xo‘jayli tumani O‘zbekistonda havo harorati yuqori bo‘lgani sababli bog‘chalar faoliyatiga cheklov kiritilgan birinchi tuman bo‘ldi. Bu boshqa hududlar bilan “zanjir reaksiyasi”ni keltirib chiqaradimi yoki yo‘qmi — hozircha noma’lum. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining alohida qarorlari chiqmadi.

Avvalroq Toshkent so‘nggi 157 yildagi eng issiq 4-iyulni boshdan kechirgani haqida xabar berilgandi. Mutlaq rekordga 1 daraja yetmay qolgan. Namanganda 42,6 daraja issiq qayd etildi, bu kuzatuvlar tarixidagi mutlaq rekorddir. Maksimal harorat Navoiy viloyati cho‘llarida — 47 daraja soyada qayd etildi.

Mavzuga doir: Xavfli quyosh: FVV o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi. Issiqning jiddiy oqibatlari soyada ham odamga yetib borishi mumkin.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная