O‘zbekistonda ayrim elektropoyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi
Bunga texnik nosozliklar sabab bo‘lgan.

22–23-sentyabr kunlari O‘zbekistonda ayrim elektropoyezdlar harakati to‘xtatiladi, deya xabar qildi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” axborot xizmati.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, bekor qilinishiga texnik nosozliklar sabab bo‘lgan. Quyidagi elektropoyezdlar qatnovi to‘xtatiladi:
- №6435/6436 Toshkent—Xojikent—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha;
- №7203/7204 Toshkent—Chinorkent—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 25-sentyabrdan boshlab Toshkent—Chinorkent—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 7201, 7202, 7203, 7204, 7205, 7206-sonli shaharlararo tezyurar elektropoyezdlari chipta narxlari oshiriladi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kattalar va bolalar uchun yangi narxnomalarni chop etdi.
Izohlar